Suv boshqaruvi
SUVDAN OQILONA FOYDALANISH DASTURLARI
Termiz davlat universiteti hududida 4 ta artezian quduq mavjud bo‘lib ularda to‘langan suv 6 ta suv minoralari va 3 ta suv rezervuarlarida yig‘iladi. Buning uchun universitet Surxondaryo gidrogeologiya stansiyasining yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnomasiga ega. Quduqlardan yiliga o‘rtacha 42,28 ming m³ suv olinadi. Suv asosan xo‘jalik, sug‘orish va texnik ehtiyojlarga sarflanadi. Artezian suvlarining katta miqdori sug‘orishga sarflanadi,uni tejash maqsadida suvni tejovchi uskunalardan foydalaniladi(tomchilab va purkab sug‘orish).

Termiz davlat universiteti kampusida so‘nggi yillarda suvni tejash maqsadida an’anaviy jihozlar o‘rniga zamonaviy va tejamkor qurilmalar o‘rnatildi. Bunga, xususan, yashil hududlarni sug‘orishda qo‘llaniluvchi tomchilab va purkab sug‘orish tizimi, avtomatik ravishda ishlovchi hojatxona yuvish tizimlari (cistermiserlar), kam suv sarflovchi unitazlar (low flush WC), bioxojatxonalar, past oqimli va sensorli kranlar kiradi. Ushbu jihozlar suv resurslarini tejash bilan birga, gigiyena talablariga ham to‘liq javob beradi.
Termiz Davlat Universiteti toza ichimlik suvini tejash maqsadida maxsus qadoqlangan suvlardan foydalanadi. Ushbu suv Ichimlik suvi sifatiga qo‘yilgan gigiyenik talablar asosida tayyorlanadi va barcha sanitariya-epidemiologik me'yorlarga muvofiq yetkaziladi. Suv maxsus idishlarda, gigiyenik jihatdan xavfsiz shaklda, zamonaviy suv dispenserlari orqali iste’molchilarga taqdim etiladi.
Bundan tashqari universitet toza ichimlik suviga bo’lgan ehtiyojini to‘la qondirish maqsadida shahar toza ichimlik suvi ta’minotiga ulangan.Ushbu toza ichimlik suvi universitet oshxonalari va tashqi dispenserlarga uzatiladi. Ushbu toza ichimlik suvi sarfi miqdorini qayd qilib boruvchi hisoblagichlar o‘rnatilgan.
Universitet miqyosida suvdan samarali foydalanish bo'yicha amalga oshirilgan ushbu dasturlari BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini (SDG) 100% qo'llab quvvatlaydi.
Termiz davlat universitetida kampuslar kesimida sxematik xaritasi suv yo'llari qizil va ko'k chiziqlarda ko'rsatilgan

Termiz davlat universiteti kampuslarida suv resurslarining ifloslanishini oldini olish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash siyosatini yuritadi. Ushbu siyosat universitetda faoliyatlar natijasida vujudga keladigan har qanday turdagi suv ifloslanishini kamaytirish va nazorat qilish choralarini qamrab oladi. Kampuslarda joylashgan yashil zonalar, suv inshootlari va suv oqim yo‘llari muntazam monitoring ostida saqlanadi.