Tibbiyot markazi
Termiz davlat universitetining 2025-2027 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasida universitetda Talabalar, akademiklar va ma'muriy xodimlarning farovonligi uchun sog'liqni saqlash infratuzilmasi va sport bilan doimiy shug‘ullanish bo‘yicha muhim ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan
Tavsif:
Termiz davlat universitetining 2025-2027 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasida universitetda Talabalar, akademiklar va ma'muriy xodimlarning farovonligi uchun sog'liqni saqlash infratuzilmasi va sport bilan doimiy shug‘ullanish bo‘yicha muhim ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan
1. Tibbiyot punkti:
Universitet hududida ixtisoslashgan tibbiyot punkti tashkil etilgan bo‘lib, u kunlik tibbiy xizmat, birinchi tez yordam, tibbiy kuzatuv va kasalliklar profilaktikasi bilan shug‘ullanadi. Punktda 2 nafar malakali vrachlar va 4 nafar feldsherlar ish faoliyatini olib boradi. Universitetga qarashli 7 ta talabalar turar joylari, ta’lim binolari va sport inshootlari tibbiy nazoratda bo‘ladi.
Universitetning asosiykampusiga 500 m radiusda joylashgan Viloyat Kardiologiya ilmiy tadqiqot markazi va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo bo‘limi, Termiz shahar tez yordam punkti,Termiz shahar perinatal markazi kabi shifoxonalar joylashgan.
2. Termiz davlat univerisiteti Darband bazasi
Surxondayo viloyati, Boysun tumanida Termiz davlat univerisiteti Darband bazasida talabalar , akademiklar va ma'muriy xodimlarning farovonligi uchun sog'liqni saqlashlari uchun barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlangan bo‘lib, professor-o’qituvchilar hamda talabalar borib madaniy hordiq chiqarishlari hamda dam olishlari mumkin.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar respublikadagi ko’plab dam olish maskanlariga sog’liqlarini tiklash uchun universitet tomonidan yuboriladi.
3. Sport inshootlari:
Termiz davlat universitetida bugungi kunda 3 ta (1 ta voleybol, 1 ta trenajor zal hamda 1 ta boks va stol tennisi) yopiq turdagi sport inshooti mavjud. Shuningdek, universitetda 2 ta (1 ta stadion, 1 ta voleybol maydoni) ochiq turdagi sport inshootida yozgi ta’til vaqtida mahalla yoshlari hamda talabalar foydalanib kelmoqda.
Universitetda o’quv yilida 750dan ortiq sport musobaqalari tashkil etilib, talabalarning 75 % jalb etildi. Bundan tashqari, univeristetda sport klubi hamda 25 ta sport seksiyalari mavjud.
Bundan tashqari, univerisitet yaqinidagi mahalla yoshlari ham doimiy ravishda sport bilan shug’ullanishi uchun doimiy ochiq bo’lib bepul sport to’garaklari|ga jalb etilgan.
4. Psixologik xizmat markazi:
Talabalarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Psixologik xizmat markazi tashkil etilgan.
Markazda taxlil, maslahat va individual terapevtik suhbatlar olib boriladi. Xizmat turlari studentlar va xodimlar uchun bepul taqdim etiladi.
5. Sanitariya-gigiyena nazorati:
Binolar, ovqatlanish maskanlari, yotoqxonalarda gigiyenik standartlar doimiy nazorat qilinadi. Surxondaryo viloyati Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bilan birgalikda Dezinfeksiya ishlari muntazam amalga oshiriladi.