Universitet kampusiga qatnovlarni rejalashtirish xaritasi.
UNIVERSITETLAR UCHUN AVTORAQAMLARNI QAYD QILISH VA MONITORING QILISH TIZIMI KONSEPSIYASI
1. Kirish
Universitet hududiga avtomobillar kirib-chiqishini samarali boshqarish, xavfsizlikni ta’minlash va transport oqimini nazorat qilish maqsadida raqamli avtoraqamlarni qayd qilish va monitoring qilish tizimini joriy etish zarur. Ushbu tizim nafaqat xavfsizlikni oshiradi, balki statistik tahlil va transport oqimini optimallashtirish imkonini ham beradi.
2. Maqsadlar
- Universitet hududiga kirayotgan va chiqayotgan avtomobillarni real vaqt rejimida qayd etish.
- Xavfsizlikni kuchaytirish: ruxsatsiz transport vositalarini aniqlash va ogohlantirish.
- Monitoring va tahlil: transport oqimini nazorat qilish, statistik ma’lumotlar yig‘ish.
- Avtoturargoh joylaridan foydalanishni optimallashtirish.
3. Tizimning asosiy komponentlari
Avtoraqamlarni avtomatik aniqlash kamerasi (ANPR/LPR) Yuqori aniqlikdagi kameralar kirish-chiqish joylariga o‘rnatiladi.
- Sun’iy intellekt algoritmlari yordamida avtoraqamlar avtomatik o‘qiladi.
- Markaziy server va ma’lumotlar bazasi har bir avtoraqam haqida ma’lumot (sana, vaqt, kirish/chiqish vaqti) saqlanadi.
- Universitet xodimlari, talabalar va tashrif buyuruvchilar transport vositalarining ro‘yxati yaratiladi.
- Kirish nazorati tizimi ruxsat etilgan avtoraqamlar uchun avtomatik shlagbaum ochiladi.
- Noma’lum yoki ruxsatsiz transport vositalarini aniqlashda xavfsizlik xodimlariga signal yuboriladi.
- Monitoring paneli va statistik tahlil
- Real vaqt rejimida transport oqimini kuzatish.
- Kunlik, haftalik, oylik hisobotlarni shakllantirish.
- Avtoturargoh bandligini tahlil qilish.

Termiz davlat universitetida barcha o'quv binolarining avtoturargohlarida avtomobillarning kirish va chiqishlarini nazorat qilish uchun maxsus nazorat punkti joylashgan. Jumladan ushbu nazorat punkti barcha fakultetlar, Darband o'quv amaliyot bazasi, Ilmiy tadqiqot markazi, Magistratura bo'limi, Registrator office hamda Rektorat kabi kampuslarida avtomashinalar to'liq nazorat qilinadi.

Xavfsizlik choralariga ham alohida e’tibor qaratilgan: universitet hududiga kirishda mashinalar va piyodalar uchun alohida darvoza va eshiklar tashkil qilingan. Bu esa piyodalar harakatini yanada xavfsiz va tartibli qiladi.

Termiz davlat universitetida 2022-yilda jami 3448 m2 maydonda avtoturargohlar mavjud bo‘lgan. So‘nggi uch yil davomida avtoturargoh maydonidan foydalanish bo‘yicha muhim o‘zgarish amalga oshirildi. Asosiy kampus hududida avval avtomobillar uchun ajratilgan 1629 m2 hududdagi avtoturargoh maydoni qisqartirilib, uning o‘rnida talabalar va xodimlar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladigan zamonaviy sport majmuasi qurildi. Ushbu tashabbus nafaqat universitet hududida avtomobil harakatini cheklash, balki ekologik muhitni yaxshilash, piyodalar va velosipedchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda yoshlarda jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan. Natijada, kampus hududi yanada xavfsiz va qulay bo‘lib, talabalar darsdan tashqari vaqtda sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu o‘zgarish universitetning Barqaror Rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash va talabalar hayot sifati hamda salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
