UNIVERSITET VA AHOLI EHTIYOJLARI UCHUN YETKAZIB BERILAYOTGAN ELEKTR-ENERGIYANING FUSION SOLAR DASTURIY TA’MINOTI YORDAMIDA BOSHQARILISHI

Qayta tiklanadigan energiya bo‘yicha- Termiz davlat universitetining 2025-2027 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish muhim ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan Strategik maqsadlardan biri sifatida ekologik barqarorlik, uglerod chiqindilarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan, quyosh energiyasi bo‘yicha amaliy loyihalar soni ko‘paytirilmoqda. Jumladan, yangi obyektlarga quyosh panellari o‘rnatilishi, yashil energiyaga asoslangan o‘quv va ilmiy loyihalarni moliyalashtirish, “yashil kampus” konsepsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi tashabbuslar rejalashtirilgan. Ushbu strategik yondashuv Termiz davlat universitetining iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchan, ekologik mas’uliyatli va barqaror rivojlanayotgan oliygoh sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Termiz davlat universitetida hozirgi kunda umumiy quvvati 3070 kVt boʻlgan quyosh fotoelektrostansiyalari faoliyat yuritmoqda. Shundan 350 kVt quvvatga ega quyosh panellari universitetning binolari va avtoturargohlarning tom qismiga oʻrnatilgan. Qolgan 2720 kVt quvvatli quyosh panellari esa Termiz shahridagi "Shimoliy suv toʻplash va tarqatish inshooti" hududida joylashgan.

Universitetning Termiz shahridagi "Shimoliy suv toʻplash va tarqatish inshooti" hududida oʻrnatilgan quyosh panellari (Termiz)

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA QUYOSH FOTOELEKTIRSTANSIYASI ORQALI HOSIL BO'LGAN QAYTA TIKLANUVCHI ERNERGIYASI NAZORATI