Atrof muhitni himoya qilish siyosati
Termiz davlat universiteti o‘zining asosiy qadriyatlaridan biri bo‘lgan musaffo havo, farovon hayot va yashil makonni saqlab qolishda uglerod neytralligiga erishish strategiyasini ishlab chiqdi. Barqaror iqlim siyosati barqaror rivojlanish maqsadlarining quyidagi yo‘nalishlari: yashil makon, toza energiya, iqlimni muhofaza qilish, transport, barqaror xaridlar, nol chiqindilar, oziq-ovqat xizmati, suvni tejash, sog‘liqni saqlash, ishlash baholash, salomatlik va farovonlik kabi amaliy maqsadlarni o‘zi ichiga oladi:
Barqaror iqlim strategiyasi doirasida 2020 yil 5 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini tubdan isloh qilish masalalari to‘g‘risida” o‘tkazilgan 19-sonli yig‘ilish bayonining 14-bandiga (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlarni tayyorlash) Tabiiy fanlar fakulteti tarkibiga “Ekologiya va tuproqshunoslik” kafedrasi tashkil etildi.
1992-yildan buyon dunyoning ko‘plab davlatlari qatori yurtimizda ham 15-aprel sanasi “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” munosabati bilan Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va ekologiya magistratura ixtisosligi talabalari ishtirokida “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” respublika aksiyasi tadbirining ahamiyatini keng aholi qatlamiga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari doimiy o‘tkazilib kelinmoqda.
Bundan tashqari, universitetning yetakchi professor-olimlari atrof-muhitni himoya qilish borasida ixtisoslashgan maxsus maktab va litsey o‘quvchilari uchun “Respublikamizning sanoat korxonalaridagi mavjud muammolarni yechimiga qaratilgan “Start – ap” innovasion va amaliy loyihalar yozish” mavzusidagi seminar treninglar o‘tkazib, yoshlarni iqlim inqirozi bilan bog‘liq muammolarni yechish jarayoniga jalb qiliga ko‘maklashadi.
Universitet talabalarini atrof-muhit va iqlim muhofazasiga ko‘proq jalb qilish hamda ularda kasbiy malakani mustahkamlash maqsadida universitet rektori tomonidan ochiq mashg‘ulot-treninglar o‘tkazilib kelinadi.
Iqlim muhofazasiga qaratilgan barqaror strategik siyosatlar bugungi kunda yuzaga kelgan atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi va issiqxona gazlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topishiga ko‘maklashadi degan umiddamiz.