Termiz davlat universitetida sportsevar yoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalari tobora avj olmoqda.
Bugungi kunga qadar erkaklar va ayollar o‘rtasida sportning bir nechta yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.
Jumladan:
Yengil atletika (100 metrdan 800 metrgacha yugurish)
Uzoqlikka sakrash
Gandbol
Basketbol
Musobaqalar jarayonida talabalar o‘z mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, g‘alaba uchun astoydil kurashmoqda. Har bir bahs sog‘lom raqobat, kuchli ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat ruhida o‘tmoqda.
“Talabalar ligasi” — bu nafaqat sport, balki birlik, iroda va sog‘lom turmush tarzining yorqin ifodasidir.
Musobaqalar davom etadi. Oldinda yana qizg‘in bahslar va munosib g‘oliblar kutmoqda!


