Unda universitet talabalari, viloyat Turizm boshqarmasi va Turizm politsiyasi xizmati vakillari o‘z yo‘nalishlari va faoliyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berishdi. So‘z olgan mas’ullar yurtimizning turistik salohiyatini ro‘yobga chiqarishda talaba-yoshlar va jamiyatimiz vakillari oldida turgan muhim vazifalar hususida to‘xtalishdi. Festival doirasida turkman, tojik hamda rus milliy madaniy markazlari vakillari ko‘rgazmalar tashkil etishib, badiiy chiqishlar qilishdi.
Ma'lumot o‘rnida, ayni kunda TerDU Iqtisodiyot fakultetida turizim va mehmonxona xo‘jaligi kafedrasida bakalavr hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 310 nafar talaba tahsil olmoqda.


