8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetining fakultet va kafedralarida talaba-qizlar ishtirokida turli bayram tadbirlari tashkil etildi.
6-TTJda bayram bellashuvi
6-TTJda istiqomat qiluvchi Tarix fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida qiziqarli bellashuv o‘tkazilib, unda qizlar san’at, she’riyat hamda karving san’atidagi mahoratlarini namoyish etdilar.
Iqtisodiyot fakultetida bayram tabrigi
Talabalar fakultet ustoz ayollarini samimiy tarzda bayram bilan tabriklab, ularning ta’lim yo‘lidagi fidokorona mehnatini e’tirof etdilar.
“Hur o‘lkamning malikalari” tanlovi
Ijtimoiy fanlar fakultetida o‘tkazilgan tanlovda qizlar o‘z nazokati, zakovati, ijodkorligi hamda pazandalik mahoratini namoyish etdilar.
“Miss Yurist – 2026” tanlovining 1-bosqichi
Ishtirokchilar pazandalik sharti orqali o‘z mahoratini ko‘rsatib, turli salatlarni tayyorlashda ijodkorlik va didni namoyon etdilar.
“Balli qizlar” tanlovi
Fizika-matematika fakultetida o‘tkazilgan tanlovda faol talaba-qizlar o‘z bilim, ijodkorlik va sahna madaniyatini namoyish etdilar.
Xorijiy filologiya hamda Tojik tili ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar va raqslar bilan boy bayram tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor ifoda etilib, talaba-qizlarning faolligi va ijodkorligi namoyon bo‘ldi.


