Joriy yilning 23–28-mart kunlari Latviyaning nufuzli Daugavpils universiteti professor-o‘qituvchilari — Jelena Semeneca hamda Ilze Olehnovica magistratura 1-bosqich talabalari uchun sohaga oid eng dolzarb yo‘nalishlarda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda.
O‘quv dasturi doirasida
Jelena Semeneca:
“Zamonaviy lingvistika”
“Lingvistik nazariyalar”
Ilze Olehnovica:
“Kognitiv lingvistika”
“Ilmiy faoliyatga yo‘naltirilgan chet tili”
“Zamonaviy lingvistika” mavzularida mashg‘ulotlar olib borishmoqda.
Kecha professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun maxsus ilmiy uchrashuv tashkil etildi. Unda o‘zaro tajriba almashish va istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


