Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan ushbu umummilliy loyiha doirasida respublikamiz bo‘ylab keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu ezgu tashabbusda TerDUning 300 nafar ko‘ngilli talabalari ham faol ishtirok etib, tabiatni asrash va yurtimizni yanada yashillashtirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
So‘nggi yillarda loyiha doirasida har yili millionlab ko‘chatlar ekilib, yangi bog‘lar, o‘rmonlar va “Yashil belbog‘”lar barpo etildi. Bu esa mamlakatimiz ekologik barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.


