Termiz davlat universitetida “Talaba kuchi — g‘alabada!” shiori ostida sport musobaqalari yuqori kayfiyat va kuchli raqobat ruhida o‘tmoqda.
Mazkur olimpiada talaba-yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Hozirgi bosqichda yuzlab talabalarimiz quyidagi sport turlarida faol ishtirok etmoqda:
Futbol — 549 nafar
Stol tennisi — 313 nafar
Basketbol — 478 nafar
Yengil atletika — 233 nafar
Voleybol — 861 nafar
Suzish — 330 nafar
Musobaqalar aprel–may–iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi:
OTM bosqichi
Hududiy bosqich
Respublika bosqichi
Ayni damda olimpiadaning 1-bosqichi davom etmoqda va talabalarimiz g‘alaba sari dadil intilmoqda!


