9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Unda talaba-yoshlar, Yoshlar ittifoqi koordinatori, akademik litsey o‘qituvchilari va bitiruvchilari ishtirok etishdi.
Maʼullar tomonida yoshlarga universitetning bugungi faoliyati, ilmiy yo‘nalishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ular fakultetlarda bo‘lib, mavjud sharoitlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan mavzular yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi. Ular o‘quv jarayonida uchraydigan muammolar bo‘yicha ham o‘z savollariga batafsil javob olishdi.
