“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining hududiy bosqichi start oldi!
Termiz davlat universitetida vohamizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining hududiy bosqichiga start berildi.
Musobaqada talaba-qizlardan iborat jamoalar quyidagi 4 ta shart asosida bellashmoqda:
Jamoani tanishtirish
Sport sinovlari (yugurish, estafeta, darts, kamondan o‘q otish)
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
Velosiped poygasi
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy ushbu musobaqada ishtirokchilar nafaqat jismoniy, balki aqliy hamda jamoaviy salohiyatlarini ham namoyon etmoqda.
Barcha oliy ta’lim muassasalari vakillariga omad tilaymiz!


