Surxondaryo viloyati oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari” sport musobaqalarining voleybol turi bo‘yicha hududiy bosqichi haqiqiy sport bayramiga aylandi!
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan ushbu musobaqada jamoalar nafaqat o‘z mahoratini, balki chinakam jamoaviy birdamlik va iroda kuchini namoyon etdilar. Termiz davlat universiteti jamoasi esa barchani ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Ushbu yorqin g‘alaba — mashaqqatli mehnat, tinimsiz mashg‘ulot va g‘alabaga bo‘lgan ishonchning natijasidir! Eng muhimi, jamoamiz ushbu muvaffaqiyat orqali Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!
Bu natija — TerDU talabalari nafaqat ilm-fanda, balki sport maydonlarida ham yetakchi ekanining yana bir yorqin isbotidir G‘olib jamoamizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi bosqichda ulkan zafarlar tilaymiz!


