Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakultetida 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan "Biz barchamiz farzandimiz tarbiyasi uchun birdek mas’ulmiz" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda fakultet mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Samimiy o‘tgan uchrashuvda fikr-mulohazalar, takliflar tinglandi. Mazkur muloqotlar har ikkala tomon uchun ham foydali bo‘ldi.
Yakunda yuqori natija ko‘rsatib, universitet talabasi bo‘lgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


