“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” kompleks sport musobaqalarining Surxondaryo viloyati bosqichida futbol sport turi bo‘yicha bahslar yakunlandi.
Murosasiz va qizg‘in uchrashuvlarga boy o‘tgan musobaqalarda Termiz davlat universiteti jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
3-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali hamda Termiz davlat pedagogika instituti jamoalariga nasib etdi.
Mazkur g‘alaba orqali Termiz davlat universiteti jamoasi Surxondaryo viloyati sha’nini respublika bosqichida himoya qiladigan bo‘ldi.
TerDU futbolchilariga keyingi bosqichda ham ulkan zafarlar tilaymiz!


