20-may kuni Termiz davlat universitetida “Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz” shiori ostida “Yosh oilalarda ajrim: sabablar, miflar va real omillar” mavzusidagi respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar-trening yosh oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ajrimlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.


