Termiz davlat universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarini birlashtirgan yirik festival bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir yoshlarning iste’dodi, bilim va salohiyatini namoyon etish, ularning o‘zaro do‘stlik va hamjihatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Festival doirasida talabalar uchun turli madaniy, sport va intellektual loyihalar tashkil etilmoqda. Jumladan:
“Eng yaxshi fotosuratlar” ko‘rgazmasi
Liboslar namoyishi
“Eng mazali taomlar” tanlovi
Sport musobaqalari
Musiqiy chiqishlar va karaoke
Shoir hamda ijodkorlar bilan uchrashuvlar
Robototexnika ko‘rgazmalari
Talabalar teatr studiyalari chiqishlari
Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari shou dasturlari
“Zakovat” va “Munozara” o‘yinlari
Harbiy ko‘rgazmali chiqishlar hamda “Shashlik day” musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu kabi festivallar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stona muhitni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.


