Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan Milliy libos va sanʼat fakulteti talabalari o‘rtasida “Miss Dizayner” loyihasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur loyiha doirasida ishtirok etgan qizlar o‘zlarining betakror didi, kreativ fikrlashi hamda o‘ziga xos yondashuvi bilan barchada katta taassurot qoldirdi. Har bir chiqish nafaqat dizayn namunasi, balki iste’dod, mehnat va ilhomning yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.
Ijodiy ishlar orqali nafosat, zamonaviylik va milliylik uyg‘unligi yaqqol aks etib, tomoshabinlarga estetik zavq ulashdi.
Barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!


