16-may, 2026
O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan ko'ngilli talabalar bilan birgalikda yoshi ulug‘ hamda nogiron shaxslar holidan xabar olish va ularni quvontirish maqsadida Termiz shahrida istiqomat qilayotgan oilalar ahvolidan xabar oldilar.
Tadbirning bosh maqsadi – insonlarga mehr ko‘rsatish, ularni jamiyatning ajralmas qismi sifatida qadrlash va ularning hayotini yengillashtirish edi.