16-may, 2026
Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti koordinatori tashabbusi bilan Termiz shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi.
Ushbu ezgu tashabbus orqali atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlar orasida mas’uliyat hissini kuchaytirish maqsad qilindi. Yoshlar bir tan, bir jon bo‘lib, mahalla hududini chiqindilardan tozalab, uni yanada fayzli va ozoda maskanga aylantirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Tabiatga e’tibor — kelajakka e’tibor!
Toza muhit — sog‘lom jamiyat garovi!