Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari hamda “Qalqon” jamoasi a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasi yuzasidan keng jamoatchilik muhokamasi va targ‘ibotini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tasdiqlangan Media-rejaning 15-bandiga muvofiq talabalar orasida islohotlar dasturlari va Davlat dasturi loyihalari yuzasidan **“Fikrlar marafoni”**ni tashkil etish vazifasi belgilangan edi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 7-fevral kuniga qadar mutaxassislar jalb qilingan holda talabalar ishtirokida Davlat dasturi loyihasi yuzasidan “Fikrlar marafoni” o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi hamda loyiha yuzasidan muhim mulohazalar bildirildi.


