10-iyun, 2026
TerDU yuridik fakulteti talaba-yoshlari uchun yurtimizning bebaho meroslaridan biri – Sulton Saodat va Qirqqiz majmuasiga sayohat uyushtirildi. Ushbu muqaddas maskan asrlar davomida ilm, ma’rifat va ruhiy poklanish markazi bo‘lib kelgan. Bu yerda o‘tmish nafasi, ajdodlarimizning buyuk izlari va tarixiy obidalar salobati har bir tashrif buyuruvchini chuqur o‘yga toldiradi.
Sayohat davomida talabalar tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishib, milliy merosimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishlarini yanada mustahkamlashdi.