Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida qiziqarli sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar sportning qo‘l kurashi (armrestling), tosh ko‘tarish, turnik tortinish, arqon tortish hamda jamoaviy voleybol turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Bellashuvlar ko‘tarinki kayfiyatda, sportga xos raqobat va do‘stona muhitda o‘tdi. Faol ishtirok etgan talabalar e’tirof etilib, g‘oliblar munosib rag‘batlantirildi.
Bunday sport tadbirlari talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.


