TerDUda 2024-yil dekabr oyida Malayziyaning Perlis universitetida (UniMAP) muhokama qilingan masalalarning amaliy ijrosiga kirishildi
Onlayn hamda oflayn muzokaralar davomida UniMAP universitetida Termiz davlat universiteti madaniyat markazini tashkil etish, talabalar o‘rtasida onlayn muloqot platformasini yaratish va Malayziyaning Turizm, san’at va madaniyat vazirligi (MOTAC) grantlari doirasida TerDU talabalari uchun “Til va madaniyat” dasturini ishlab chiqish masalalari kelishib olindi.
Hamkorlikning Smart Agriculture va Farming yo‘nalishida TerDU olimlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsionEcogidrogel mahsuloti Malayziyaning tropik iqlim sharoitida tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Shuningdek, UniMAP professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilning aprel-may oylarida Termiz davlat universitetida dasturlash va kompyuter fanlari yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy-texnik ta’lim

