Termiz davlat universiteti tashabbusi bilan "Dolzarb 90 kun" doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada Termiz shahrining Majnuntol, Ma’rifat, Jomiy, Guliston, O‘zbekiston mahallalari hamda Bog‘zor mahallasi, shuningdek, Termiz tumani va Muzrabot tumani yoshlar jamoalari ishtirok etdi.
Bellashuvlarda 100 ga yaqin yoshlar maydonga tushib, g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin — “Dinamo” jamoasi (O‘zbekiston mahallasi)
2-o‘rin — Termiz tumani jamoasi (Do‘stlik mahallasi)
3-o‘rin — Muzrabot jamoasi (Mohiyat mahallasi)
Tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga qiziqishini oshirish va o‘zaro do‘stona hamkorlikni mustahkamlashga хизмат қилди.
“Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur sport musobaqasi esa yoshlarni zararli asrash, ularni maqsadli va sog‘lom hayot sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
