Bugun Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Yoshlar – kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi boshlandi. Unda mamlakatimizning 14 hududidan, shuningdek Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan ming nafardan ortiq yoshlar qatnashmoqda.
Tadbirda Surxondaryo viloyati yoshlari ham faol ishtirok etib, Surxon vohasining milliy urf-odat va an’analari, ekologik holati hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarni taqdim etishdi.
Qurultoy doirasida turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha 16-avgust kuni ham davom etadi.


