Termiz davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Nadim Muhammad Humoyunni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.13.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy kengashning 10.00.01 – O’zbek tili ixtisosligi boʼyicha "Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y marosimi etnografizmlarining tizimiy va leksiografik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz.

Bugun Termiz shahrida Surxondaryo va Afg‘onistonning Balx viloyati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Ishchi komissiyaning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Balx viloyati gubernatori Moxammad Yusuf Vafo boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qo‘shni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ko‘mak berish hamda gumanitar masalalarga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratishdagi tashabbuslarini yuqori baholadi.

Tomonlar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, jumladan, Surxondaryo va Balx viloyatlari hamkorligi izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari, mavjud imkoniyat va dolzarb masalalar atroflicha muhokama etilib, qishloq xo‘jaligi, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy, ma’rifiy, gumanitar, ta’lim va transport-logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, chegara o‘tkazish punktlaridagi infratuzilmani yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Termiz davlat universitetining xalqaro savdo markazida tashkil etilgan o'quv markazi faoliyatini rivojlantirish, afg'onistonlik fuqarolarni jalb etish masalalari ko'rildi.

Yig‘ilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish hamda "Termiz" xalqaro savdo markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirishga kelishildi.
Termiz shahrida tashkil etilgan Yozgi kasblar markazi faoliyatida Termiz davlat universiteti ustoz-murabbiylari ham faol ishtirok etmoqda.
Maqsad – o‘quvchi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularni zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarga yo‘naltirish, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishdir.

Shu maqsadda turli sohalarni qamrab olgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, Milliy libos va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Amaliy san'at” to‘garagi yoshlarni nafis san’at olamiga yetaklab, ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirmoqda.
To‘garak davomida ishtirokchilar milliy san’at namunalarini yaratish, bezak berish asoslari va boshqa foydali ko‘nikmalarni egallamoqda.

Yozgi kasblar markazidagi ushbu tashabbus nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, balki ularning kelgusidagi kasb tanlovi, ijodiy tafakkuri va milliy qadriyatlarga hurmatini oshirishga xizmat qilmoqda.


