Bugun Latviya poytaxti Riga shahrida Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasida ilk bor taʼlim forumi oʻtkaziladi. Unda ikki mamlakat oliy taʼlim vazirliklari masʼullari, shuningdek, 50 ga yaqin yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etadi.

Anjuman doirasida transport, axborot texnologiyalari, logistika, energetika va yashil iqtisodiyot, tibbiyot, mashinasozlik, turizm hamda xizmat koʻrsatish kabi muhim yoʻnalishlarda qoʻshma ilmiy tadqiqot va taʼlim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, mazkur yoʻnalishlarda 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan boʻlib, bu ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlim va ilmiy hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.


