Termiz davlat universitetida viloyatidagi umumtaʼlim maktablari, akademik litsey, kasb -hunar maktablarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari oʻrtasida matematika, tarix, ona tili va adabiyoti, ingliz tili, geografiya va huquqshunoslik fanlari boʻyicha “Rektor olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Olimpiadada viloyatimizning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan jami 150 nafar bilimdon o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanlov jarayonlari nizom asosida shaffof va adolatli tarzda tashkil etilib, barcha bosqichlar videokuzatuv ostida olib borildi.
G‘oliblari ro‘yxati
Ona tili va adabiyoti
1-o‘rin: Mamasaidova Feruzaxon (Denov t., 73-maktab) – 89 ball
2-o‘rin: Abdiyeva Fotima (Qiziriq t., 15-maktab) – 87 ball
3-o‘rin: Panjiyeva Marjona (Qumqo‘rg‘on t., 76-maktab) – 78 ball
Tarix
1-o‘rin: Norboyeva Dilnoza (Qumqo‘rg‘on t., 10-maktab) – 98 ball
2-o‘rin: Abduzairova Durdona (Qumqo‘rg‘on t., 10-maktab) – 96 ball
3-o‘rin: Menglimurordov Doniyor (Uzun t., 57-maktab) – 86 ball
Ingliz tili
1-o‘rin: Sobirjonova Sabina (Uzun t., 60-maktab) – 92 ball
2-o‘rin: Jumanazarova Zarina (Denov t., 103-maktab) – 85 ball
3-o‘rin: Tojiyeva Madina (Sherabod t., 9-maktab) – 84 ball
Geografiya
1-o‘rin: Raximberdiyev Adham (Qiziriq t., 9-maktab) – 81 ball
2-o‘rin: Abdurashidov Begzod (Qiziriq t., 9-maktab) – 60 ball
3-o‘rin: Xo‘janazarova Nozima (Qumqo‘rg’on t., 74-maktab) – 56 ball
Matematika
1-o‘rin: Yo‘ldosheva Gavharshod (Sho‘rchi t., 10-maktab) – 30 ball
2-o‘rin: Javliyev Mustafo (Uzun t., 64-maktab) – 28 ball
3-o‘rin: Amirqulov Xumoyiddin (Qumqo‘rg‘on t., 11-AFCHO‘MI) – 26 ball
Huquqshunoslik
1-o‘rin: Ramazonov Quvonchbek (Shoʻrchi t., 47-maktab) – 48 ball
2-o‘rin: Qoʻyliyeva Malikaxon (Sherabod t., 1-maktab) – 46 ball
3-o‘rin: Choriyeva Kamola (Muzrabot t., 9-maktab) – 44 ball
Tadbir viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. G‘oliblar universitet tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


