O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14- fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarori ijrosi doirasida mas’ullar fakultetlarida bo‘lib, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminarlar tashkil etishmoqda.
Unda bitiruvchi talabalarga bank xodimlari ishtirokida:
Mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish bo‘yicha amaliy maslahatlar;
O‘z sohasidagi karyera imkoniyatlari;
Yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari xususida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
E’tiborli tomoni seminar bitiruvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va kelajakdagi faoliyatida mustahkam qadam tashlashiga katta yordam berdi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 12-sentyabr holatiga ko‘ra 28 nafar talabamizga 1.370 (bir milliard uch yuz million) tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ajratildi.


