Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetining “Filologiya va tillarni o'qitish: nemis tili” yo‘nalishi talabasi To'xtayeva Sevinch Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida Germaniyaning nufuzli Myunster universitetida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Myunster universiteti — Yevropaning qadimiy va yetakchi ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, THE xalqaro reytingida dunyoning yetakchi 200 ta oliygohi qatoridan joy olgan. Universitetda filologiya, tarix, huquq, tibbiyot, IT, tabiiy fanlar va boshqa ko‘plab sohalarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Sevinch endilikda ushbu ilmiy muhitda Germaniya ta’lim tizimi, zamonaviy til o‘qitish metodikasi va Yevropa tajribasini o‘rganib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitadi. Talabamizni ushbu yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


