Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ayni paytda Oʻzbek filologiyasi fakultetida Hoji Bayram Vali universiteti professorlari Zaynabidin Abdirashidov hamda Vali Savash Yelok talabalarga dars bermoqda.
Ular Adabiyotshunoslik: oʻzbek adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich magistrantlariga “Jadid adabiyoti tarixi” fanidan zamonaviy metodlar asosida saboq berib, sohadagi eng so‘nggi yangilik va yutuqlar bilan o‘rtoqlashmoqda.
Ma’ruzalar davomida talabalar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy imkoniyatlar haqida ham muhim ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda:
grant va moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish
ilmiy maqolalar yozish va chop etish
xalqaro konferensiyalarda qatnashish
xorijiy universitetlarda almashinuv dasturlari
chet el amaliyotlarida ishtirok etish
Ma'lumot uchun: Anqara Hoji Bayram Vali universiteti xalqaro (QS World University Rankings) reytingida 700-901-o'rinda turadi.


