Surxondaryo viloyati prokuraturasi va Termiz davlat universiteti oʻrtasida yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan Memorandum doirasida hamda "Yoshlar kuni" munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Ustoz va murabbiylar, talaba yoshlar, jamoatchilik faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda viloyat prokurori B.Babadjanov va universitet rektori A.Toshqulovlar soʻzga chiqib, yoshlarga taʼlim olishlari, xorijiy tillar va kasb-hunar oʻrganishlari uchun yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishlari taʼkidlandi.
Soʻngra, viloyat prokuraturasi hamda universitet hamkorligida tashkil etilgan "Bepul yuridik maslahat beruvchi Yoshlar Markazi"ning ochilish marosimi oʻtkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga Markaz faoliyati tanishtirilib, yuridik maslahat olish istagidagi tashrif buyuruvchilarga oliy taʼlim muassasasining yuridik fakulteti malakali oʻqituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan bepul yuridik maslahat berish xizmati koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi.


