“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining Surxondaryo viloyati bosqichida Gandbol sport turi bo‘yicha murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushdi.
Faxr bilan ma’lum qilamizki, Termiz davlat universiteti jamoalari musobaqada mutlaq ustunlikni qo‘lga kiritib, ham erkaklar, ham ayollar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egalladi!
Yakuniy natijalar:
Erkaklar jamoalari o‘rtasida:
Termiz davlat universiteti
Termiz davlat pedagogika instituti
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Ayollar jamoalari o‘rtasida:
Termiz davlat universiteti
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Endilikda jamoalarimiz “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqasining respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilishadi.
Bu natija — TerDU yoshlarining matonati, jamoaviy ruhi va sportdagi yuksak salohiyatining yana bir yorqin isbotidir!


