Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida 50 nafar ijtimoiy faol volontyorlar uchun maxsus oromgoh tashkil etildi.
Ushbu tashabbus Yoshlar ishlari agentligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Voice up” (“Fikringni ber”) loyihasi doirasida yo‘lga qo‘yildi.
Oromgohning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etilib, unda volontyor yoshlarga loyihaning maqsad va vazifalari batafsil tushuntirildi. Loyiha davomida ishtirokchilar uchun malakali trenerlar tomonidan zamonaviy seminar-treninglar, qiziqarli interaktiv o‘yinlar, shuningdek, jamoaviy ishlash va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mazkur oromgoh yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning fikrini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashga xizmat qilmoqda.


