Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Janub qalqonlari” harbiy-sport musobaqasida Termiz davlat universiteti sharafini himoya qilgan “Qalqon” jamoasi yana bir bor o‘z ustunligini isbotladi.
Musobaqada hududdagi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan jamoalar keskin va murosasiz bellashuvlarga kirishishdi.
Jamoalar quyidagi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi:
Kamondan otish;
“Harbiy estafeta” yugurish;
AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish;
Arqon tortish;
Tosh ko‘tarish;
Yakuniy natijaga ko‘ra, “Qalqon” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, yana bir bor peshqadam ekanini namoyon etdi!
Barcha ishtirokchi jamoalarga munosib ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz va “Qalqon” jamoasini ulkan g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!


