25-may, 2026
Xabaringiz bor, mana ikki kundirki Termiz davlat universitetida sportning voleybol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda
Kecha universitetimizga biriktirilgan texnikum va akademik litsey o‘qituvchilari o‘zaro bellashishgan bo‘lsa, bugun universitet professor-o‘qituvchilari erkaklar va ayollar jamoalari maydonga tushishdi. Bugun musobaqaning yarim final ishtirokchilari aniqlandi.
Ertagi bahslarda g‘oliblar aniqlanib, tantanali taqdirlash marosimi ham tashkil etiladi.