Uchrashuv chog‘ida ta’kidlanganidek, TerDU va Karlov universitetining professor-o‘qituvchilari so‘nggi 22 yil davomida ilmiy hamkorlik olib borib, arxeologik tadqiqotlar yo‘nalishida samarali natijalarga erishib kelmoqda.
Muloqot davomida Karlov universiteti rahbariyati TerDU bilan ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Universitet rektori uzoq yillik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Tashrif yakunida TerDU rektori A. Toshqulov va Karlov universiteti rahbariyati o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda universitetimizni TOP-1000 reytingiga kiritishga ko‘maklashish bo‘yicha rasmiy kelishuv hujjati imzolandi.


