O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilning 5-mart sanasidagi qaroriga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish va ularni halollik vaksinasi bilan emlash orqali korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida viloyat prokuraturasi hamda viloyatdagi OTMlar o‘rtasida tuzilgan "Qo‘shma reja" asosida viloyat prokuraturasi xodimlari TerDUda targ‘ibot tadbirini o‘tkazishdi.
Tadbirda, talabalar ham jamiyatning faol a’zolari sifatida korrupsiya illatiga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lib, o‘z bilimi va tashabbuskorligi bilan davlatimizning porloq, adolatli kelajagini yaratishga hissa qo‘shmog‘i lozimligi qayd etildi.


