Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy tadbirlar izchil olib borilmoqda.
Fizika-matematika fakulteti qoshidagi “Bir talabaga – bir loyiha” nomli ilmiy-amaliy toʻgarak talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida samarali ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ularga amaliy tajriba berish hamda innovatsion fikrlashni ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur toʻgarak doirasida Fizika-matematika fakultetining Astronomiya yoʻnalishi talabasi Voxidova Ruxshona ilmiy rahbar — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Narbayev Azamat boshchiligida “Tomchilatib sugʻorish tizimini avtomatlashtirish” mavzusida tajriba-sinov ishlarini olib bormoqda. Ushbu loyiha qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


