Yangi o‘quv yiliga binolar, auditoriyalar va yotoqxonalarni tayyorlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi
Yangi o‘quv yiliga boshlangunga qadar ma’nan eskirgan kompyuter, jihoz va boshqa vositalarni hisobdan chiqarish;
2- va 8-o‘quv binolarning yerto‘la qismidagi Dizayn studiyasi va Tikuvchilik ustaxonalarini kosmetik ta’mirlash, havo almashtirish tizimni tashkil etish Mebellarni joriy ta’mirlash kabi kechiktirib bo‘lmas vazifalar ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Muloqotlar davomida mas’ullar tomonidan rektorimizning o‘quv yili yakuni arafasida kampusning asosiy binosida joylashgan Yuridik, Tarix va Ijtimoiy fanlar fakultetlarining professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lgan uchrashuv jarayonidagi topshiriqlari ijrosi yuzasida ma’lumot berildi.
Ma’lumot o‘rnida, A.Toshqulovning ko‘rsatmasiga asosan yangi o‘quv yiliga qadar fakultetlarning ma’ruza xonalari zamon talablari darajasida jihozlanadi kafedralar ta’mirlanib, zarur sharoitlar yaratiladi.
Yig‘ilish yakunida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda mas’ul xodimlardan yuqori mas’uliyat, doimiy rivojlanish va universitet strategiyasini amalga oshirishda faollik talab etilishi alohida ta’kidlandi.


