Mahaliy HokimIyat bilan hamkorlik
Termiz davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va boshqa qonun hujjatlariga oid takliflarni ishlab chiqib, taqdim etib borish bilan birgalikda Surxondaryo hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari rejasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda Surxondaryo viloyati hokimligiga aniq mutaxassis maslahatlarini taqdim qilib keladi. Huddi shu maqsadlar uchun universitetda “Hududiy tadqiqotlar markazi” va “Surxondaryoda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko’maklashuvchi Kengash” faoliyat yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan universitet rektorining 2024-yil 19-sentabrdagi “Surxondaryoda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko’maklashuvchi Kengash tashkil etish to’g’risida” gi 161- U - son buyrug’iga binoan tuzilma quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- Joylarda Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashuvchi tadbirlarni ommalashtirishga yo‘naltirilgan seminarlar o‘tkazish;
- Hududning iqtisodiy holatini tahlil qilish;
- Sanoat, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kabi tarmoqlarning hududiy yalpi ichki mahsulotdagi ulushini tahlil qilish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Hududning joriy iqtisodiy holatini baholash uchun statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
- Mahalliy iqtisodiy muammolar va imkoniyatlarni o‘rganish;
- Aholi ehtiyojlari va ularning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy talablarini o‘rganish;
- Hududdagi innovatsion faoliyat va texnologik imkoniyatlarni, yangi texnologiyalarni joriy etish va ularning iqtisodiy ta’sirini tahlil qilish;
- Iqtisodiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ta’lim va kadrlar salohiyatini, ularning bilim va ko‘nikmalarini baholash;
Hududning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, talab yuqori bo‘lgan hamda import o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarish, hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, mavjud resurslardan foylanish orqali ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqarish.