Siyosatchilar bilan uchrashuvlar
Surxondaryo viloyati prokurori B.Babadjanov boshchiligida Termiz davlat universitetida anjuman tashkil etildi.
Ushbu universitet rektori A.Toshqulov, yuridik fakultet talabalari, prokuratura masʼullari va faxriylari hamda OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda ilk bor viloyat prokuraturasi va universitet oʻrtasida yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.
Hamkorlikdagi loyiha "Boʻlajak prokurorlar klubi" aʼzolariga maxsus aʼzolik belgilari tantanali topshirildi.
Jarayonda hamkorlik koʻlamini kengaytirishga xizmat qiladigan takliflar va tashabbuslar tinglandi.
Taʼkidlanganidek, viloyat prokurori va universitet rektori bilan boʻlgan samimiy muloqotlar talabalarning masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Termiz Davlat Universitetida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan "Har jabhada ilg'or yoshlar doimo e'tiborda" shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda partiya faollari, professor-o’qituvchilar, Yuridik va Tarix fakulteti talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi raisi universitetning Yuridik va Tarix fakulteti talabalarini siyosiy jarayonlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishga chorladi. Ishtirokchilar bu mavzular yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, muammolar tahlil etildi. Tadbirda faol ishtirokchilar partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
Yakunda universitet talabalari partiya a'zoligiga qabul qilindi.