Muhtasham sanʼat saroyida TerDUning 2024/2025 o‘quv yili yakuni va yangi o‘quv yilida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan, universitet Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan yig‘ilish boshlandi.
Yig‘ilishda A.Toshqulov yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish hamda ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan qator vazifalarga birma-bir to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan;
Ta’lim sifatini oshirish va amaliyotni kuchaytirish;
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash;
Laboratoriyalar bazasini boyitish va korxonalar bilan hamkorlikni kengaytirish;
Jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish;
O‘quv dasturlarini zamonaviy talab va sun’iy intellekt asosida yangilash;
TOP-500 talik xorijiy OTMlar bilan qo‘shma dasturlarni kengaytirish;
Yuqori Hirsch indeksiga ega xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Talabalar va ustozlar sportini rivojlantirish;
Infratuzilmani modernizatsiya qilish – TTJ, tennis korti, “Darband” bazasidagi turizm loyihalari;
Talabalar uchun 24/7 xizmat ko‘rsatadigan savdo nuqtalarini ko‘paytirish;
Rektor: "TerDU jamoasi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Endi bizdan talab qilinadigan yagona narsa — fidoyilik, mehnat va intilish! Aziz ustozlar yangi o‘quv yilingiz barakali bo‘lsin! Yurtimizga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilayman.


