Termiz davlat universiteti Fizika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari ustozlari hamrohligida “To‘polang” gidroelektrostansiyasiga tashrif buyurib, energetika sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashdi.
Tashrif davomida talabalar GES faoliyati, gidroturbinalar va generatorlarning ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, stansiyaning kuzatuv xonasi hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari haqida ma’lumot olishdi.
“To‘polang” GES rahbariyati bilan tashkil etilgan uchrashuvda stansiyaning tarixi, bugungi faoliyati va kelajakdagi loyihalari haqida suhbat o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob oldilar.
Bunday amaliy tashriflar talabalar bilimini mustahkamlash va ularni kelajak kasbiga yaqindan tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


