2026-yil 2-iyun kuni Termiz davlat universitetida magistratura bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi boshlandi.
Bugun himoyalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
Kompyuter grafikasi va dizayn
Tasviriy va amaliy bezak san’ati
Tarix
Arxeologiya
Etnografiya, etnologiya va antropologiya
Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)
Qiyosiy tilshunoslik va lingvistik tarjimashunoslik
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha jami 41 nafar magistrant o‘z ilmiy ishlarini attestatsiya komissiyasi oldida himoya qildi. Ular tadqiqot natijalarini aniq va asosli tarzda taqdim etib, komissiya a’zolarining savollariga javob berdilar.
Himoyalar faol va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Magistrantlar o‘z bilim va tajribalarini namoyish etib, kelgusidagi ilmiy hamda kasbiy faoliyatlari uchun muhim bosqichni muvaffaqiyatli bosib o‘tmoqdalar.


