Termiz davlat universitetida “Talaba-qizlar salomatligi – kelajak avlod salomatligining kafolati” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda TerDU Xotin-qizlar kengashi raisi hamda Termiz shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori ishtirok etib, talaba-qizlarga:
sog‘lom turmush tarzi,
shaxsiy gigiyena qoidalari,
muntazam tibbiy ko‘riklarning ahamiyati
va onalik mas’uliyati haqida muhim ma’lumotlar berdilar.
Suhbat davomida qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, sog‘lom hayot tarzining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini chuqur anglab yetishdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish, mas’uliyatli onalik va sog‘lom jamiyat barpo etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


