1-iyun, 2026
Termiz davlat universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi tashabbusi bilan mazmunli davra suhbati tashkil etildi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Matluba Qaxxorova ishtirok etib, yoshlar, ayniqsa talaba-qizlar orasida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni yot g‘oyalardan asrash va ilm-ma’rifatga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Suhbat davomida jaholatning salbiy oqibatlari, ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni muhokama qilinib, talabalarning savollariga atroflicha javoblar berildi.
Yoshlarni bilimga undash, mustahkam e’tiqod va sog‘lom fikrni shakllantirish — bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.