1-iyun, 2026
Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetida talaba-qizlarning bilim, iqtidor va ijodkorligini namoyon etishga qaratilgan “Miss Yurist – 2026” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar huquqiy bilimlari, nutq madaniyati, sahna madaniyati hamda o‘ziga xos iste’dodlarini namoyish etib, turli shartlar asosida o‘zaro bellashdilar. Har bir ishtirokchi nafaqat go‘zallik, balki zukkolik va huquqiy tafakkur sohibasi ekanligini namoyon qildi.
Mazkur tanlov talaba-qizlarning faolligini oshirish, ularning ijodkorlik, tashabbuskorlik va intellektual bilimlarini mustahkamlash hamda ijtimoiy hayotdagi o‘rnini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.